Get Mystery Box with random crypto!

Toʻy Qizchani kim bunchalik yasantirib qoʻydiykan? U oppoq k | 🌵Kaktus kalb🌵

Toʻy

Qizchani kim bunchalik yasantirib qoʻydiykan?
U oppoq koʻylak kiyib olgandi.
Onasi so'radi?
— Shaylanib qayerga borayapsan?
— Toʻyga.
— Toʻyga?!
Onasining koʻzi chaqchayib ketdi. Soyning narigi tomondagi guzardan dangʻir-dungʻir ovozi eshitilardi.
— Dugonalarim…
— Bormaysan!
U qizining yuziga bir-ikki tarsaki tushirdi. Kiyimini almashtirdi. Uyga qamab qoʻydi.
— Nevaramda nima ayb, qizim? – dedi onasi.
– U otasini boshqaga uylanayotganini bilmaydi.

Shoniyoz