Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining rasmiy axbor | Dang'araliklar

O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining rasmiy axboroti:

Bugun soat 10:57 da Qozog‘iston Respublikasi elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi natijasida Olmaota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga keldi.

Buning natijasida Qirg‘iziston elektr tarmog‘ida, jumladan Bishkek, O‘sh va boshqa barcha shaharlarda elektr energiya o‘chishi kuzatildi.

Yagona elektr tarmog‘iga ulangan O‘zbekiston elektr tarmog‘i bu avariyaning salbiy ta’siri natijasida Qozog‘istondan keluvchi 530 liniyadagi kuchlanish va chastota keskin o‘zgarishi oqibatida Toshkent GRESi, Sirdaryo GRESida avariya himoya vositalari ishlab ketib, bu ikkala stansiya ham avtomatik ravishda o‘chishiga olib kelgan.

Natijada Farg‘ona va Toshkent shahri va viloyati, Farg‘ona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi o‘chdi.

Hozirgi vaqtda qo‘shni davlat tarmoqlaridan uzgan holatda har bir TESlarni alohida ishga tushirib, bosqichma bosqich tarmoqlarni ulab, ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda.

Avariya tavsilotlari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda axborot beriladi.