Get Mystery Box with random crypto!

Dunyodagi eng nufuzli shaxmat platformasi chess.com Nodirbek A | Dilshod Dadaboyev

Dunyodagi eng nufuzli shaxmat platformasi chess.com Nodirbek Abdusattorov haqida maqola e’lon qildi.

Nodirbek Abdusattorov 2760 reytingdan oshib, dunyo LIVE reyting jadvalida 5-o’ringa ko’tarildi.

19-yoshli Nodirbek Abdusattorov “Prague Masters”dagi Mateuzs Bartel ustidan qozonilgan g’alabadan keyin Alireza Firuzja va Yan Nepomnyashiyni quvib o’tgan holda kuchli beshlikka ko’tarilib oldi. Nodirbek Hindistonning 1-raqamli shaxmatchisi bo’lish uchun kurashayotgan barcha shaxmatchilardan o’zib ketdi.”Prague Masters”dagi qo’shilgan 11.1 reyting ochkolari hisobiga LIVE reyting jadvalida amaldagi jahon chempioni Ding Lirendan keyingi 5-o’ringa joylashdi.

Bartel ustidan qozonilgan g’alaba Nodirbek uchun bu musobaqadagi eng “silliq” o’tgan o’yin bo’ldi. Nodirbekning o’zi aytishicha: “Bu o’yin debyutdan boshlab men uchun juda yaxshi bo’ldi - juda, juda toza(xatolarsiz)o’yin”. O’yinda Abdusattorovning farzini o’zi tomondagi raqib piyodalarini yig’ishni boshladi - birinchi a2, keyin b2 va oxiri c2 dagi piyodalar qo’lga kiritildi va ustunlik yuqori aniqlik bilan g’alabaga aylantirildi.To’g’ri Nodirbek 2024-yildagi Talabgorlar musobaqasida qatnashmaydi, lekin keyingi yillarda u nafaqat bu turnirda qatnashish balki unda g’olib bo’lish uchun asosiy davogarlardan biriga aylandi.

Nodirbek 5 ta turdan 4 ochko to’plagan holda musobaqa jadvalini boshqarib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, “Prague Chess Festival 2024” turniri formati 10 kishilik round robin ya'ni, bir o'yinchi musobaqaning qolgan hamma ishtirokchilari bilan o'ynab chiqadi.

Vaqt kontroli : Klassik. Har bir o'yin boshida o'yinchilarga 40 ta yurish uchun 90 daqiqa, 41-yurishdan o'yin oxirigacha esa qo'shimcha 30 daqiqa beriladi va har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qo'shib boriladi.

Maqola tarjima qilindi
. Manba

https://t.me/DADABOYEV_DILSHOD