Get Mystery Box with random crypto!

Yangi yil oqshomi Bu yilgi yangi yil oqshomidan ko'nglim to'l | DM's Blog 🇺🇸

Yangi yil oqshomi

Bu yilgi yangi yil oqshomidan ko'nglim to'ldi hisob. Biroz nohushlik, rejadan chiqish va rejada bo'lmagan hodisalar.

23:45 da prezident nutq so'zladi biz u paytta ovqatlanayotgan edik. 00:00 da salyut ovozlari boshlandi hali ham davom etmoqda. Ularni ovozidan quloq qomatga keladi.

Fonus uchurdim. Bu planda yo'g'idi. Kelinoyim uchiraman dedi. Keyin manam uchurdim. Yo'lg'iz o'zim. Akam shamini yoqi berdila man ushab turdim. Uni havoga ko'tarulguncha qo'lim o'g'rib ketti.

Havoga ko'tarilgan paytta fonusni qo'yib yuborarkanman huddi g'uborlarimni qo'yib yuborgandek bo'ldim. Uzoqqa ketguncha qarab turdim termulib. Chuqur nafas oldim va o'zimga shunday dedim "Bu yil hammasi boshqacha bo'ladi".