Get Mystery Box with random crypto!

Dear Me Qadrli o'zim. Sen joningni bunchalik o'ksitma. Insonl | DM's Blog 🇺🇸

Dear Me

Qadrli o'zim. Sen joningni bunchalik o'ksitma. Insonlarni gapiga parvo qilma. Ular bilan bahslashma. Sen o'zinga hali ko'p keraksan. Qilishing kerak bo'lgan ishlar juda ko'p.

Orzularing, niyatlaring bor. Oldinga qo'ygan maqsadlaring talaygina. Sen ularni uvol qila oaysan. BUNGA HAQQING YO'Q.

Senga mehr berishmasa, mehr ko'rmagan bo'lsang kuyinma. Bir kun keladi senga kelishadi ular.
Ammo o'sha paytgacha bularni unutma. Azoblaringni. Qiyinchiliklaringni. Yig'laganingni. Yig'latishganini.

Bir kun keladi sendan voz kechgan, senga e'tibor bermagan, uzoqlashgan yaqinlaring hammasi yoninga qaytadi. O'sha kun kelganda bularni unut, barchasiga ko'z yum va ularni quchoq ochib kutib ol.

Chunki ular o'ziga tegishli azoblarni olib bo'lgan bo'lishadi.