Get Mystery Box with random crypto!

​ Ko‘plab Telegram kanallarda uchragan spam xabar haqida Kec | Uzb Dasturchilar | CybersUz

Ko‘plab Telegram kanallarda uchragan spam xabar haqida

Kecha, 6-mart kuni taxminan 13:00 (Toshkent vaqti bilan) da @crosser_bot noma'lum xakerlar tomonidan "взлом" qilingan va adminlik huquqi bor barcha kanallarga spam xabar yo‘llagan.
Buni vaqtida sezgan ayrim kanal egalari xabarni o‘chirishdi, jumladan kech bo‘lsada biz ham :)
Crosser Bot jami bo‘lib, 3768 ta kanalga o‘z ta'sirini ko‘rsatdi va e'lon qilgan xabari 2 mln martadan ortiq ko‘rildi.
Hozirda bot API'si o'zgartirilgan va faol emas.
Qo‘shimcha sifatida bot haqida qisqacha ma'lumot beradigan bo‘lsak, @crosser_bot orqali kanaldagi faol bo‘lmagan ya'ni o‘chirilgan profil yoki uzoq muddat davomida Telegram'ga kirmagan obunachilardan tozalash mumkin (edi).

Aziz do‘stlar, hurmatli obunachilar!
Kanalingizda adminligi bor begona botlarni chetlating. Bilib-bilmay kanalingizga obunachi ko'paytirish maqsadida har xil botlarni qo‘shmang!
Unutmang, kanal uchun javobgarlik sizning zimmangizda!

CybersUz & UDG Team jamoasi.

Telegram | YouTube | Instagram