Get Mystery Box with random crypto!

Yanvar oyidan bo'ladigan ba'zi o'zgarishlar haqida . Sohaga | CyberAcademy.uz

Yanvar oyidan bo'ladigan ba'zi o'zgarishlar haqida .

Sohaga qiziquvchilar va tarqoq mutaxassislarni yagona guruhga yigish va ular bilimini tartibli oshirish , soha rivojiga xissa qo'shishda sherik bo'lishga chaqiramiz. Umumiy a'zolar uchun jamoa shakllantiriladi , bu erkin faoliyat yurituvchi ammo tartibli jamoa bo'ladi. Xar bir guruh a’zosiga Uzbek Cyber Security group - UCS ga a'zoligini bildiruvchi va ba'zi imtoyozlarni beruvchi sticker , username va logotiplar ajratiladi.

Barcha a'zolar , yagona mutaxassislar ishlari yig'ilgan sayt, best-master.uz orqali sohada o'zlari olib borgan izlanishlarni ommaga namoyish qilishlari mumkin bo'ladi.

Guruh a'zolarini bilim saviyasini oshirish maqsadida BM SECURITY Group ning ba'zi kurslari bepul yoki chegirma asosida beriladi.

Klubga qabul qilishda ba'zi talablar mavjud va savol javob tarzida yakka tartibda suhbat qilib saralanadi.

Klubda bir nechta sohalar bo'yicha liderlar -yetakchilar va yordamchilar shakllantiriladi , ular yangi a'zolarni tayyorlash va o'rgatishda yo'l-yo'riq ko'rsatishadi.

CYBER-BRO kiberxavfsizlik tashkiloti official O'zbekistonda offlayn o'quv mashg'ulotlarini va sohada turli xizmatlarni ko'rsatishni boshlaydi .

UCS guruhi a'zolari ma'lum darajaga yetishgach CYBER-BRO tashkilotiga ishga imtihon orqali qabul qilinadi va o'z karyeralarini professionallar bilan davom ettirishadi.

BM SECURITY group va CYBER-BRO tashkilotlari sohada xodimlarni o'qitish va sertifikatlash bilan shug'illanadi. Tartibli va soha bo'yicha zo'r mutaxassislarni bizdan topishingiz mumkin bo'ladi , chunki jamoamizda faqatgina ko'p yillik tajribaga ega professionallar faoliyat yuritadi va kadrlarni tayyorlaydi.

Uzbek Cyber Security group - UCS ga a'zo bo'lish uchun o'zingiz va sohaga oid bilimlaringiz haqida yozilgan CV ni @Educyber_admin ga yuboring.