Get Mystery Box with random crypto!

SIYRAT SUHBATLARIGA MARHABO! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yu | 2021

SIYRAT SUHBATLARIGA MARHABO!

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayh har yili mavlid oyida xalqimizga siyratni oʻrganish borasida yangi ilmiy asar taqdim etib, ushbu mavzuga oid anjuman va ilmiy tadbirlar oʻtkazishga koʻp ehtimom berar edilar. Bir necha yildirki, yurtimizda u kishining nomlari berilgan masjidda ushbu anʼana davom etib kelmoqda.

Shu manoasabat bilan, ikki jahon sarvari, Odam bolalarining afzali, oxir zamon Paygʻambari, sevikli Nabiyyimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy – Robiʼul-avval oyi munosabati bilan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida yurtimiz ulamolari bilan siyrat suhbatlari boʻlib oʻtadi.

«Dunyo Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan yorugʻdir» shiori ostida olib boriladigan ushbu maʼrifiy suhbatlar Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari boshchiligida bir guruh moʻtabar ulamolar tarafidan taqdim etiladi.

Suhbatlar 2022-yil 29-sentabr payshanba kunidan boshlab Robiʼul‑avval oyi ichi haftaning har dushanba va payshanba kunlari shom namozidan soʻng boʻlib oʻtadi. Ayollar uchun ham masjidda sharoit hozirlangan. Suhbatlar Islom.uz portalining tarmoqlarida jonli uzatib beriladi.

Barchangizni har bir musulmon uchun qadrli boʻlgan, muhim fursat hisoblangan ushbu mavlid oyini gʻanimat bilib, siyrat boʻyicha koʻproq maʼlumotlar olishga taklif etamiz!

Islom.uz

Masjid manzili

#Ilmiy_suhbat

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Twitter Facebook