Get Mystery Box with random crypto!

Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati: Ko‘pchilik QWER | C# and other lesson

Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati:

Ko‘pchilik QWERTY klaviaturadagi F va J tugmalarining pastki qismida bo‘rtib chiqqan chiziqcha borligini payqamagan bo‘lsa kerak. Xo‘sh, bu bo‘rtmalardan maqsad nimada?

Bu klavishlarining pastki qismida joylashgan bo‘rtmalar yozayotgan kishiga o‘ng va chap barmoqlarni klavishlar paneliga qaramasdan ham, klaviatura bo‘ylab to‘g‘ri joylashtirish imkonini berish uchun ataylab yaratilgan. Barmoqlarni "home row" (bosh qator) deb ataluvchi klavishlar guruhi bo‘ylab to‘g‘ri joylashtirish bilan boshqa klavishlarni klaviaturaga qaramasdan ham to‘g‘ri aniqlay olish va yozish tezligini oshirish mumkin. QWERTY klaviaturada "home row" guruhiga o‘ng qo‘l barmoqlari uchun J, K, L; chap qo‘l barmoqlari uchun esa A, S, D, F tugmalari kiradi.

KANALGA OBUNA BO'LING

https://t.me/csharp_lesson