Get Mystery Box with random crypto!

Navro‘zingiz muborak bo‘lsin! Navro‘zi olam bahor faslini | "RRTM" DUK 🗼

Navro‘zingiz muborak bo‘lsin!

Navro‘zi olam bahor faslining eng go‘zal ayyomlaridan biridir. Shu kunlarda butun xalqimiz yangi yilning boshlanishi, o‘zaro qadr-qimmat, xayru sahovat va mehr-oqibat timsoli – Navro‘z shukuhi bilan yashamoqda.

Albatta, tinch va osoyishta yurtimizga bayramlar yarashadi. Istagimiz Navro‘z ayyomi xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, oilangizga baxt-saodat olib kelsin. Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi bardavom bo‘lsin!

Sizlarni yasharish va yangilanish, mehr-muruvvat, tinchlik va ezgulik ramzi – Navro‘z ayyomi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.