Get Mystery Box with random crypto!

Ha bu qoʻrqinchli tushga oʻxshaydi ammo yana koʻnikishga majbu | Sultonov's | Blog📌

Ha bu qoʻrqinchli tushga oʻxshaydi ammo yana koʻnikishga majbur boʻlamiz. Endi bir ishni boshlashdan oldin nafaqat oʻzimizni balki oilamizni, yaqinlarimizni oʻylashga va ularning noroziliklaridan qochishga harakat qilamiz. Har doimgiday tezkor javoblardan koʻra endi ozgina oʻylab yoki boʻlmasa sukut bilan javob beramiz! Ha oʻsha hayoldagi orzularning hammasini ham amalga oshirib boʻlmasligini tushunib yetamiz. Vaqtida qilgan ishlarimizdan va ketgizgan behuda vaqtimizga afsuslanish tuygʻusini sal boʻlsa ham tatib koʻramiz.

Xuddi bir Turkiya bilan Yevropani bogʻlab turuvchi koʻprikga kelib qolgandek boʻlasan. Ha bu koʻprikdan oʻtish vaqti keldi deb har tomondan notanish ovozlar kela boshlaydi. U yoqda sen kim boʻlishingni orqangdagi amallaring va harakatlaring aniqlab xuddi printerdan chiqqan qogʻozni tutqazganday qoʻlinga yo oppoq yoki boʻlmasa chiroyli qilib yozilgan qogʻozni tutqazadi. Agar oppoq boʻlsa ham yoʻlingda hech qanday afsuslanishlarsiz hech qanday malomatlarsiz davom etishing kerak boʻladi.

Bu holatlar esa sening Ikkinchi etapga yani kunning ikkinchi yarmiga oʻtayotganing bir belgisidir. Xuddi ertaklardagidek kunning bu qismida juda qo'rqinchli tushlar va alam toʻla magʻlubiyatlarga roʻboro kelasan. Endi sening shaxsiy fikring har bir holatga shaxsiy qarashlaring boʻlishi lozim. Yosh bolalardek men buni bilmayman deyishga uyalasan va javobini qidirish uchun tinmay mehnat qilasan va kecha yu kunduz oʻz ustingda ishlashga majbur boʻlasan.

Ha xuddi kinoning yosh bolalarning koʻzini berkitadigan joyi kelganidek goʻyo endi katta hayotga qadamingni qoʻyishing kerak boʻladi. Maslahatim Yolgʻiz harakat qil chunki insonlarga ishonadigan darajada ahmoq emassan.

Mana yana yangi yil kelmoqda xuddi avalgilari kabi va Kunning birinchi qismi tugamoqda.....

Lekin men buni xohlamayapman....