Get Mystery Box with random crypto!

Davomi......... Ayol xuddi shu savollarini ilonni urintirmay | 🛸COSMO HUB

Davomi.........

Ayol xuddi shu savollarini ilonni urintirmay, oʻzi uyiga chaqirgan veterinarga ham berdi:
-Men usiz yasholmayman, ahir u men bilan besh yildan beri birga yashab, farzandimdek boʻlib qolgan-ku!
Veterinar ilonni koʻzdan kechirdi. Hech qanday kasallik alomatini ham koʻpayish belgisini ham uchratmadi, ilon yolgʻizlikdan siqilib qolgan ham emasdi.
-Maylimi to tushlik vaqtigacha uyingizda boʻlib tursam?!
Ayol veterinarga rozilik bildirdi.
U ham oʻz vaqtida ilonning xarakatlarini kuzatdi. Ilon divandan osilib, choʻzilishni mashq qildi, keyin bukilib-boʻshasha boshladi. Ayol yoniga yotganda esa uzala tushib yotib, boshini koʻtarib, atrofga termuldi.
Doktor qoʻrqib ketdi: chunki ilonning takrorlayotgan harakatlari oshqozonni boʻshatish harakatlariga oʻxshab ketardi.
-Iloningiz kasal emas, u koʻpayishni rejalashtirayotgani ham yoʻq. U sizni yutishga tayyorgarlik koʻryapti, men uni kuzatib shu hulosaga keldim. Har yoningizga uzala tushib, bosh koʻtarayotganida tushundimki, u sizning boʻyingizni oʻlchayapti, ovqat emayotganini sababi esa katta oʻljaga oshqozonidan joy boʻshatyapti. Tezlik bilan undan qutuling!
Ayol bu gaplarga ishonmadi. Lekin oʻsha veterinarning gapiga kirib, uni hayvonot bogʻiga topshirdi.
Oʻsha kuniyoq iloni ogʻirligi odam vazniga teng boʻlgan zebra bolasini yutib yuborgani haqida unga xabar berildi...

Hikoya yoqqan boʻlsa reaksiyalarni portlatamiz


@cosmohubuz

BOSHQA KANAL COSMOHUB