Get Mystery Box with random crypto!

O'zbek farmasevtlari 4-bosqichdagi saraton kasalligi uchun dor | Cosmoblog

O'zbek farmasevtlari 4-bosqichdagi saraton kasalligi uchun dori o'ylab topishdi degan feyk xabar yuripti. Albatta SSV bu narsani tasdiqlamadi.

Asosiy masala buni juda ko'plab odamlar bayroq qilib ko'tarib yurganida. 4-bosqichdagi saraton bo'lgan kasalni ko'rgan kishi juda yaxshi bilan bu kasallik aslida nima ekanligi, nima sababdan o'limga olib borishini.

Saratonning aslida turlari juda ko'p va uning ko'p turlariga davo topilmagan. Odatda tirik qolish ehtimoli borlari ham bor. Lekin bu asosan ayollar orasida 0.5%dan 10%gacha kuzatiladi xolos. Shunda ham bu odam uzoq yashay olmaydi yoki azoblardan tezroq qutilish uchun o'z joniga qasd qilishga ham tayyor bo'ladi.

Uchinchi bosqichdan o'tganlarni davlat avtomatik ro'yxatga olib sekin asta marixuannadan tayyorlangan dorilarni bepul berishni boshlaydi. Bu aslida bejizga emas. Shunchaki yuqori bosqichdagi odamga dozasi baland narkotikdan boshqasi yordam bera olmaydi.

Meditsina tomondan 4-bosqichda nima bo'ladi o'zi? Nima uchun aqli bor shifokor bu bosqichdagi kasallarga umid bermaydi?

Saraton o'zi 4 bosqichdan iborat. 4-qism esa game over degani. Bunda rak kletkalari butun bir tanani egallashni va zararlashni boshlaydi. Eng qiziq tomoni 4-bosqichda eng ko'p zararlanish suyaklar va jigarda kuzatiladi. Bu esa o'z navbatida qon ishlab chiqish va uni filtrlashga to'sqinlik qiladi (xalq tilida ilik qurishi deyishardi adashmasam). Tanada esa faqatgina zahar hukmroqlik qiladi.

Yaxshisi bu bosqichdagi kasallarga feyk xabarlar orqali umid bermagan maqul. Onkologlar bu narsani juda yaxshi bilishadi va shu sababli umid berishmaydi hech qachon. Agarda siz ham buni sababiga yanda chuqurroq qiziqsangiz bir marta bo'lsa ham onkologiya markaziga borib ko'ring, ko'p narsani tushunib yetasiz.

Eslatma: Hozirda yoshlar orasida ruju qo'yilgan tramadol ham aslida saraton bo'lganlarga qo'laniladigan dorilar qatoriga kiradi. Asosan undan og'riq qoldiruvchi sifatida foydalanishadi. Shuningdek tramadol morfinga yaqin dori hisoblanadi. Kelajagingizni shunga qarab tanlang.