Get Mystery Box with random crypto!

Copywrite | Kopirayter blogi

Telegram kanalining logotibi copywriter_on — Copywrite | Kopirayter blogi C
Telegram kanalining logotibi copywriter_on — Copywrite | Kopirayter blogi
Kanal manzili: @copywriter_on
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 672
Kanalning ta’rifi

O'rgangan va o'rganayotgan sohalar to'g'risida qisqacha.
#SMM
#Kopirayting
#Digital_marketing
Kopirayter:
@copy_writer_1

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-23 21:08:40 Tadqiqot | 3-qism

+Bir yarim yillik tajribaga ega kopirayter, Kopirayting kanali asoschisi Asilbek Avazov bilan savol-javob qildik!

Savol: Eng birinchi "ishingizni" qanday olgansiz?
Javob: Eng birinchi ishimni bir yilcha oldin (aniq vaqti esimda yo'q) google forms orqali so'rovnoma yasalgan va telegram kanalga vakansiya joylangan, o'sha so'rovnomani to'ldirganman, ish beruvchilar o'zlari men bilan bog'lanishgan.

S: Ustozim deb hisoblaydigan kopirayter insoningiz kim(lar)?
J: Aniq ustozim deb hisoblaydigan insonim hozircha yo'q. Ko'proq Google bilan You tube'dan foydalanaman.

S: Bitta matn yozish uchun qancha vaqt sarflaysiz?
J: Avvalo kreativ kelishiga qarab. Minimum 2 daqiqa, maximum ba'zida 2 kunlab vaqt ketadi.

S: Mijoz bilan kelishuvda eng asosiy jihatlar?
J: Muomala, mijozga xushmuomala bo'lgan holda "osmon" va'dalar bermaslik kerak. Narxni ham ularning sharoitini tushungan holda belgilash kerak.

S: Imkoniyat bo'lganda kopirayter sifatida kim bilan yoki qayerda ishlagan bo'lar edingiz?
J: Showroom'larda ishlashni xohlagan bo'lar edim.

S: Shu paytga qadar eng qimmat yozilgan postingiz narxi?
J: 450 ming so'm.

S: Kopiraytingdagi yoqtirgan formulangiz?
J: Qizig'i, men avval maqolani yozib keyin qaysi formulaga to'g'ri kelganligini aniqlayman. Eng ko'p foydalanadigan formulam yo'q, bir xillikni yoqtirmayman.

S: Kopirayterlar uchun o'zingiz amal qilgan va qilayotgan TOP 7 maslahatlar.
J: 1. Xushmuomala va xushchaqchaqlik;
2. Brend uchun jonkuyarlik;
3. Ko'proq research qilish;
4. Qimor, harom narsalarga aralashmaslik;
5. Deadlayn'ni hech qachon kechiktirmaslikka harakat qilish;
6. Himmatlilik;
7. Biznes egasining ishonchini oqlash.

@copywriter_on
511 viewsedited  18:08
Ochish/sharhlash
2022-06-22 19:37:19 Tadqiqot 3-qism

Bu safar o'zgacha uslub bilan faoliyatimizni davom ettiramiz. Keyingi post uchun ikkita variant bor:
1– Kopiraytingdagi "narx - navo" haqida;
2– Tadqiqot rubrikasining 3-qismi haqida post tayyorlanmoqda!

Qaysi biri sizga qiziq? Izohlarda fikringizni qoldiring

*Bu safar ikki nafar kopirayterlar bilan suhbat bo'lib o'tadi. Biri - eng ko'p ustozlarning shogirdi. Ikkinchisi - yana bir kopirayting kanali admini!
464 views16:37
Ochish/sharhlash
2022-06-16 15:34:26 Shunchalik osonmi?

Kun bo'yi sizni turli reklama matnlari "o'rab oladi". Siz televizordagi reklamalarini tomosha qilasiz. Google yoki Telegram, Instagram kabi tarmoqlardagi turli matnlarga ko'zingiz tushadi... (buning ro'yxati cheksiz).

Atrofga qarab: “Ha, men buni yaxshiroq yozgan bo‘lardim”, deb o‘ylash oson. Siz kopirayting bilan endigina shug‘ullanayotgan yoki bir necha loyihalarda turli postlar yozgan bo‘lsangiz, shuni bilish kerakki, kopirayterlik oddiy soha emas!

Ularni o'zingiz istaganingizdek yozish, kopiraytingni tushunish uchun avvalo ushbu sohani chuqurroq o'rganishingiz kerak. Bu uchun yaxshi ustozlardan ta'lim olish ayni muddao. Chunki ustoz, shu kunga qadar orttirgan tajribalarini sizga o'rgatib, qilgan xatolarini takrorlamasligingiz uchun to'g'ri yo'l ko'rsatadi.

Kopirayterlik oddiy tushunchadek tuyulsada, bu haqiqatan ham chuqur jarayon. Siz o'zingizga sarmoya kiritasizmi va uning sir-asrorlarini o'zlashtirishga vaqt ajratasizmi, buni siz uchun qilishga kimnidir yollamoqchimisiz, shuni unutmang, bu shunchaki oddiy jarayon emas. Shunday ekan deb xato o'ylamang.

*Izohlarda #challange'ga aylangan "shakarning narxi" va trend deb atalinayotgan "Bonuning yigiti bor" kabi so'zlar yozish shart emas!

@copywriter_on
575 views12:34
Ochish/sharhlash
2022-06-15 12:40:53 Administratorga telefon qilganmisiz?

Yozilgan matn effektliroq bo'lishi faqatgina kopirayterga bog'liq emas. Chunki kopirayterning vazifasi ma'lumotlarni auditoriyaga yetkazib berib, ularni berilgan (ko'pincha) telefon raqam yoki admin bilan bog'lanishini ta'minlashdir. Demak mijozni saqlab qolish call centr'dagilarga ham bog'liq. Aynan ular mijozlar bilan kelishuv olib borishda muhim rol o'ynaydi!

Siz ham bir marotaba call center'dagi operator/administrator xodimlariga telefon qilib ko'ring. Agar ular mijozlarni "ushlab qola olsa" sizga ham ularga ham plyus besh baho qo'ysa arziydi.

Biznes/xizmat egasiga yoki SMM menejerga aynan shu narsa kerak. Kelayotgan har bir mijoz uchun butun bir jamoa yaxshi ishlasagina yaxshi natijani qo'lga kiritish mumkin. Yaxshi kopirayter bo'lsangiz, yozgan matningiz "pro" bo'lsa-yu, boshqa xodimlar ishlamasa, matn shunchaki matnligicha qolib ketaveradi.

"Izohlarda + qoldiring" deb yozdingiz. Ular + qoldirdilar. Bularga kim javob berayotganini va qanday javob yozayotganini ham tekshirib ko'ring. Qisqa qilib aytganda, hamma narsa kopirayterga bog'liq emas!

*Men mijoz sifatida telefon qilib ko'raman. Ular esa qayta-qayta telefon qiladi. Ular ishlayapti))

@copywriter_on
484 viewsedited  09:40
Ochish/sharhlash
2022-06-14 20:43:51 Iqtibos

"Soatiga 50 dollar oladigan kopirayterlar matn yozishsa-da, soatiga 250 dollar oladigan kopirayterlar mijozlaringizni analiz qilishadi, mahsulotingizni sinab ko'rishadi, tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratadi va jamoangiz bilan suhbatlashadi. Soatiga 50 dollar oladigan kopirayterlar siz aytgan matnni yozayotgan boʻlsa, soatiga 250 dollar oladigan kopirayterlar loyihangizga koʻplab tajriba va bilimlarini qo'llashadi. Agar siz soatiga 250 dollar oladigan kopirayter bilan ishlamoqchi bo'lsangiz, u bunga arziydi. Agar budjet yetmaydi desangiz, “hamyonbop” kopirayterni yollash o‘rniga o‘zingiz ushbu sohani o'rganing.

Muxtasar qilib aytganda, "hamyonbop" kopirayter shunchaki so'zlarni auditoriyaga yetkazib beradi, yaxshi kopirayter esa sotiladigan so'zlarni yetkazib beradi."

Joanna Vibe.

@copywriter_on
763 views17:43
Ochish/sharhlash
2022-06-13 20:36:08 Iqtibos

"Biror yozgan matningiz kopirayting sifatida yaxshi natija bermayotganini bilishning eng ishonchli usuli - kimdir uni ko'rib: "Bu ajoyib reklama matni ekan!" – deyishidir".
Dayton Bird

@copywriter_on
372 views17:36
Ochish/sharhlash
2022-06-10 20:29:28 Eng birinchi kopirayterdan kopirayting saboqlari

Aksariyat reklamalar oldi-qochdi bo'lgan bir paytda, Pauers faktlarga e'tibor qaratgani bilan mashhur bo'lgan. U mahsulotning afzalliklariga ishonch hosil qilmasa, uning matnini yozishdan bosh tortgan. 

Bir marta u reklamada eng muhim narsa qiziqarli post orqali o'quvchi e'tiborini jalb qilish, keyingi eng muhim narsa esa haqiqatga sodiq qolish ekanligini ta'kidlagan:

"Bu savdogarning biznesidagi har qanday xatoni tuzata olishini anglatadi. Agar savdo kam bo'lsa haqiqatni aytib, uni oshiring."

Narxlar ko'tarilganini bildirish uchun yozilgan reklama matni:

"Narxlar ko'tarilgan, lekin bu bizning ishimiz emas."

Bo'yinbog'larni targ'ib qiluvchi yana bir post:

"Ular tashqi ko'rinishidan unchalik chiroyli emas, lekin ular yetarli darajada yaxshi - 25 sent."

Pauers Pitsburgda bankrot bo'lgan kiyim-kechak kompaniyasiga ishga yollanganida, u do'kon egasiga doimiy mijozlar uchun rostgo'ylik bilan ishlashni tavsiya qildi. Reklamada esa quyidagi so'zlarni yozdi:

"Biz bankrotmiz. Buni bizga kreditorlarimiz e'lon qilishdi. Ammo ertaga kelib bizdan sotib olsangiz, ular bilan uchrashganimizda pulimiz bo'ladi. Agar yo'q bo'lsa, biz yopilamiz."

Reklama sotuvlarning zudlik bilan o'sishiga olib keldi va qulayotgan kompaniya bankrotlikdan qutilib qoldi. 

@copywriter_on
437 views17:29
Ochish/sharhlash
2022-06-05 09:19:45 Sarlavha haqida gaplashamiz

Sarlavha – qalin harflar, kreativ, qiziqarli va yolg'ondan iborat bo'lmagan qism. Bu haqida buyuk kopirayterlarning yozib qoldirgan fikrlari bilan tanishib chiqamiz!

Jon Caples:

"Biror narsani anglatadigan uzun sarlavhalar hech narsa anglatmaydigan qisqa sarlavhalardan ko'ra samaraliroqdir."

Devid Ogilvi:
"Sarlavha - go'shtdagi lahm joy. Siz reklama qilayotgan mahsulotingiz turiga qarab undan foydalaning."

1) Har bir sarlavha o'quvchining shaxsiy manfaatlariga mos kelishi kerak. 
M: "35 yoshdan oshgan ayollar qanday qilib yoshroq ko'rinishi mumkin."

2) Savdo va'dangizni sarlavhangizga qo'shing (bu uzun sarlavhalarni talab qilishi mumkin). 
M: "Soatiga oltmish milya tezlikda yangi Rolls-Roycedagi eng baland shovqin elektr soatning ovozi."

3) Sarlavhalar hissiy so'zlarni kiritish orqali kuchaytirilishi mumkin.
M: “Azizim, men eng ajoyib tajribani boshdan kechirmoqdaman. . .”

4) Sarlavhalardagi ma'lumotlar ishonchli va aniq bo'lishi kerak. 
M: "Bizning kir yuvish mashinalarimiz kiyimlarni 76% yaxshiroq tozalaydi."

"Sarlavhani matnni to'liq o'qiganlardan ko'ra besh baravar ko'proq odam o'qiydi"

Evgeniy Shvarts:
"Sarlavhaning ta'sirini uni qanday bayon qilinganiga qarab oshiring". 

1) Hajm. 
M: "Kim bitta o'simlik urug'idan 17 000 ta gul ungani haqida eshitgan?"

2) Odamni his qilishga undash.
M: "Siz eng yaxshi ko'radigan ifor"

3) O'zini o'ziga bog'lash. 
M:"Shifokorlar o'zlarini betob his qilganlarida nima qilishadi!"

"Sizning sarlavhangiz faqat bitta vazifaga ega - sizning matningiz o'qilishini to'xtatishi yoki matningizning ikkinchi jumlasini o'qishga majbur qilishi kerak."

@copywriter_on
489 viewsedited  06:19
Ochish/sharhlash
2022-06-02 19:44:30 Kopirayting afsonalari | II qism

Agar siz Kopirayting sohasi haqida ko'proq ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz, juda ko'p afsonalarga duch kelasiz. Yuqorida ulardan bir nechtasi haqida yozgan edik.

Afsona. Kopiraytingni kitoblardan o'rganish mumkin.

Aslida, kitoblardan o'rganish yetarli emas. Ha, foydali ma'lumotlar mavjud. Vebinarlarda bo'lgani kabi. Lekin bu shunchaki nazariya. Faqat amaliyot bilan professional bo'lish mumkin.

Albatta, siz o'zingiz o'rganishingiz ham mumkin, lekin soha bo'yicha kurslarni tugatish tavsiya etiladi. Yaxshi ustozgina o'zi qilgan xatolarni shogirdlarida takrorlanmasligi uchun jon kuydiradi.

Afsona.  Buyurtmalar faqat saytlarda mavjud.

Saytlar - kafolatlangan buyurtmalar mavjud bo'lgan joy. Aslida, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham mijozlarni topish mumkin. Jamoada va frilanser bo'lib ishlaydiganlar uchun 10 dan ortiq Telegram kanallari ham bor.

Afsona. Hech kim matnlar uchun oldindan to'lov qilmaydi.

Kopirayter sifatida men mijozlar oldindan to'lov qilishga tayyor ekanligini aytishim mumkin. Hech bo'lmaganda avans olib ishlash kerak. Agar siz mijoz bilan doimiy ishlab kelayotgan bo'lsangiz oy oxirida maosh olishga kelishib olishingiz ham mumkin.

Afsona. Mijoz = boshliq (emas).

Sizning mijozingiz sizning xizmatlaringiz bilan qiziqadi. Shu bilan birga, siz kim bilan ishlashni tanlaysiz. Buni yodda tuting! Siz o'z xizmatingizni sotish orqali erkin tarzda ishlaysiz. Sizning ishingiz sifatli bo'lsa bo'lgani!

Afsona. Portfoliosiz buyurtmalar olib bo'lmaydi.

Portfoliosiz buyurtmalarni olish, albatta, qiyin, lekin iloji bor. Masalan: Sinov topshiriqlarini bajarish, mijozga mutaxassis ekaningizni isbotlay olish.

Birinchi ishimni olganimda menda ham portfolio bo'lmagan.

Afsona. Vaqtga(dedlayn) rioya qilish shart emas.

Ushbu xato tez-tez uchrab turadi. Kopiraytingda dedlaynga amal qilish eng muhim jihatlardan biridir. Agar mijoz 15:12 post qo'yilishini aytsa, kamida 13:00 da siz matnni taqdim etishingiz kerak. Dedlaynga amal qilmasangiz ularga kopirayter nima uchun kerak. Vaqtni hurmat qiling.

Afsona. Narxlarni ko'tarsangiz, mijozlar "qochib" ketadi.

Agar siz narxlarni ko'tarishga qaror qilsangiz, doimiy mijozlar oldindan xabardor qilinishi kerak – kamida 2 hafta, yoki bir oy oldin. Qancha ko'p yozganingiz sari shuncha o'sib boraverasiz.‌‌ Narxlar ham!

@copywriter_on
418 views16:44
Ochish/sharhlash
2022-05-31 15:45:58
Kuting...

Kuzatishlar va tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatdiki, kopirayting sohasi haqida "afsonalar" juda ko'p ekan! Shuning uchun keyingi post ham yana "afsonalar" haqida bo'ladi.

@copywriter_on
335 views12:45
Ochish/sharhlash