Get Mystery Box with random crypto!

ODC formulasi haqida Siz kopiraytersiz, mijoz siz bilan bog'l | Kopirayting san'ati

ODC formulasi haqida

Siz kopiraytersiz, mijoz siz bilan bog'lanib, erkaklar kiyim-kechak do'koni borligini va fasli o'zgarishi munosabati bilan ba'zi kiyimlarga 25% chegirma berishini aytdi. Shu chegirmali sotuv uchun post yozib berishingizni so'radi. Bunday vaziyatda ODC formulasidan foydalanishingiz mumkin. Bu formula qo'yidagi
bo'limlardan iborat bo'ladi:

Offer - Sarlavha va birinchi kirish qismi.

Deadline - Mahsulot soni, chegirma foizi yoki bonuslar miqdori va amal qilish muddati.

Call to action - Mijozni harakatga chorlash. Ya'ni mijoz siz taklif qilayotgan mahsulot yoki xizmatni sotib olishi uchun qanday harakatni amalga ochirishi kerak (bog'lanish yoki manzilga kelish yo'llari).

Eslatma: Bu formuladan cheklangan vaqt va cheklangan mahsulot yoki xizmatlarning sotuv takliflari uchun foydalaniladi.

Ushbu formuladan foydalaning va mijozingiz ketmonini uchiring.

@copysanati - Ketmoningizni uchiramiz