Get Mystery Box with random crypto!

Bu yilga qo‘ygan maqsadlarimizda biriga erishdik Yil boshida | Computer technology

Bu yilga qo‘ygan maqsadlarimizda biriga erishdik

Yil boshida akam, ukam va men birgalik maqsad qo‘ygandik "shu yili dadamga mashina olib beramiz" deb. U payti bizni oylik daromadimiz ham faqat o‘zimizga yetardi.

Qanday mashina olib berishimizni o‘zimiz ham tasavvur ham qila olmas edik. Mart oyida men ustozimiz Muhammadali Eshonqov bilan tanishdim va ustoz darslaridan birida "Agar siz ota-onangizni orzularini amalga oshiraman" deb niyat qilib harakat qilsangiz ALLOH sizga kutilmagan joydan beradi degandi.

Bizda ham shunday bo‘ldi. Barcha ustozlarimizga bergan bilimlari, ko‘rsatgan yo‘l-yo‘riqlari hammasi uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Ushbu video kimdir ota-onasiga yanada koʻproq yaxshilik qilishiga turtki boʻlsa, niyatimizga yetdik.

@Yuldosh_Yusupov