Get Mystery Box with random crypto!

nihoyat imtihonlar-u, oʻsha asabiy sessiya tugadi. cheksiz shu | Coffee_station🔇

nihoyat imtihonlar-u, oʻsha asabiy sessiya tugadi. cheksiz shukur va quvonch ichingda. qutuldim-ey' deb quvonib ketasan. tirik chiqmasam kerak bu sessiyadan' deb o'ylagan vaqtlaringni eslab jilmayasan: tirikman-ey:)'.
oldinda esa uzun yoz. olam olam rejalar, yozning har bir kuni uchun planlar tuzasan. har bir soniyalardan zavq olishni, barini ko'zinga muhrlashni istaysan. sessiyadan so'ng to'yub uxlayman deganlaring yodingdan chiqadi. ahir zavqlanishga ulgurib qoloshing kerakku? tuni bilan berilib kitob o'qiysan, qahvalarning esa sanog'i yoʻq. so'ng kvartirang derazasidan quyosh chiqishini kuzata boshlaysan. ajiiiiib. quyosh nurlari yuzlaringdan o'pib qo'yadi. kulaverasan, kulaverasan. sakiynat...