Get Mystery Box with random crypto!

CodeBox | IT environment 👨‍💻

Telegram kanalining logotibi codebox_uz — CodeBox | IT environment 👨‍💻 C
Telegram kanalining logotibi codebox_uz — CodeBox | IT environment 👨‍💻
Kanal manzili: @codebox_uz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 315
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda siz:
• Dasturlash tillar (Java, Python, JS, PHP, C#, C vs b ... ) haqida ma'lumotlarga ega boʻlasiz.
• IT sohasidagi yangiliklar.
• Dasturlashga oid Video, slayd va kitoblar taqdim etiladi.
Admin: @CodeBoxMaxsus_bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2020-12-31 11:00:57 ​​Assalomu alaykum azizlar!!!
Barchangizni yaqinlashib kirib kelayotga yangi 2021-yil bilan tabriklayman. Yangi yil barchangizga ulkan zafarlar, muvaffaqiyat, baxt, omad, sihat salomatlik va oilaviy tinchlik hotirjamlik olib kelsin.
Yangi yiliz muborak boʼlsin azizlar!!!

Telegram | Instagram
241 views08:00
Ochish/sharhlash
2020-12-30 15:20:15
URL structure

@CodeBox_uz
208 viewsedited  12:20
Ochish/sharhlash
2020-12-30 11:04:42
207 views08:04
Ochish/sharhlash
2020-12-27 06:30:00 ​​ IT da nimadan boshlashni bilmasangiz Data Sciense (maʼlumotlar ilmi) kasbiga qarab qo‘ring. HeadHunter tadqiqotiga ko‘ra, so‘nggi 5 yil ichida bu sohada vakansiyalar soni 9-marta oshgan.

Data Sciense mutaxassislariga bo‘lgan talab ularning maoshi singari ortmoqda (o‘rtacha $1500-$1800)

Telegram | Instagram
277 viewsedited  03:30
Ochish/sharhlash
2020-12-26 07:00:21 Nomi: Clean Code
A Handbook of Agile
Software Craftsmanship(Tezkor dasturiy ta'minotni tayyorlash bo'yicha qo'llanma)

Telegram | Instagram
273 views04:00
Ochish/sharhlash
2020-12-25 06:30:00 ​​Qanday qilib Dasturlashni O'rganish.

-bosqich. О‘rganish.
Ishni “Codecademy”dan boshlang. Ushbu interaktiv platforma yordamida dasturlash bо‘ycha bepul saboq olish mumkin. “HTML/CSS” orqali bepul xostingda о‘z saytingizni yarating. Sо‘ngra kamida ikki hafta “JavaScript” bilan shug‘ullaning. “Y Combinator” va “Product Hunt” yordamida esa bugungi kunda dasturchilarni kо‘proq nimalar qiziqtirayotganini bilib olishingiz mumkin.
“Codecademy”dan sо‘ng ilova tayyorlash bо‘yicha aniq yо‘nalishni tanlab oling. Masalan, “Android”, “JavaScript” va “Ruby” ma’qul tanlov bо‘ladi. Bir hafta davomida turli usullarni о‘rganing. Har xil tillarda “Hello, World!” sо‘zini yozib kо‘ring. Erishgan natijangizga qarab о‘zingizga ma’qul texnologiyani tanlang va shug‘ullaning.
Endi esa о‘quv dasturini tuzish kerak. Bu turli onlayn-kurslar yoki malakani oshiruvchi kichik loyihalar bо‘lishi mumkin. “GitHub”da akkaunt oching va unda uch oy ichida loyiha tayyorlashga urinib kо‘ring.
Turli texnologiyalar qо‘llanilgan ochiq kodli loyihalarga e’tibor qarating. О‘rganish davomida “oDesk” va “CodersClan” saytlariga ham kirib, malakangizni oshirib borishingiz mumkin.

-bosqich. Kо‘ngilli ish.
Yangi о‘zlashtirgan bilimingizni birorta tashkilot bilan hamkorlikda foydali ishga sarflang. Masalan, о‘sha tashkilot uchun qandaydir loyiha yaratishingiz mumkin.

-bosqich. Startupda ishlash.
Birorta startapni qidirib toping va uning ustida ishlang. Bu sizga tajribali mutaxassislarni topishga yordam beradi. Ular sizning butun faoliyatingiz davomida kerakli maslahatlar beruvchi hamkoringizga aylanishlari mumkin.

-bosqich. Startup
Texnik malakaga ega bо‘lganingizdan sо‘ng dо‘stlaringiz yoki hamkorlaringiz bilan biror g‘oyani amalga oshirishga kirishsangiz bо‘ladi. Yangi texnologiyalar yordamida yangiliklar yaratish qanday samarali ekanligiga о‘zingiz ham guvoh bо‘ling.
Bu tо‘rt bosqich tezdagina bosib о‘tiladigan yо‘l emas. Professional dasturchi bо‘lish uchun yillar kerak bо‘ladi.
Omadsizlikka duch kelganingizda, loyihangiz samarasiz yakunlanganida yoki о‘ylagan ishingiz amalga oshmaganida umidsizlikka tushmang, sabrli bо‘ling. Yordam kerak bо‘lganida boshqalardan kо‘mak sо‘rashga uyalmang.

Maqsadingiz sari intiling. Shundagina о‘z biznesiga, ega dasturiy ta’minotchi bо‘la olasiz.

Telegram | Instagram
268 views03:30
Ochish/sharhlash
2020-12-19 22:00:45 ​​#yangilik

Bootstrap 5 rasmiy saytda chiqibdi. Bootstrap 5 chiqmasidan ancha avval insayderlar tomonidan aytilgan maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topdi. Bootstrap 5 da jQuery olib tashlandi.

Kanal: @CodeBox_uz
285 views19:00
Ochish/sharhlash
2020-12-18 12:02:22 ​​#fikir
Assalomu alaykum hammaga!!!

Juda koʼpchilikdan bir xil savol olaman. Instagram sahifamdan ham va ushbu kanal aloqa botidan deyarli bir xil savol. Man dasturlashga qiziqib qoldim qanday oʼrgansam boʼladi ?

Ummumiy qilib shaxsiy javobimni sizlarga aytmoqchiman:

. Birichi navbatda dasturchi boʼlishizdan maqsad nima? Ushbu savolni oʼzizga berib javob izlang.

. Yana bir gap matematika haqida siz dasturchi boʼlishiz uchun supper matematik boʼlishingiz shart emas. Faqat matematikadan boshlangʼich bilimga ega boʼlsangiz yetadi.

. Oʼziz uchun sarmoya.
Shuni siz bilishiz kere sizga hozirgi kunda hech kim va yana qaytaraman hech kim oʼz vaqtini ketqazib sizga dasturlashni oʼrgatmaydi. Maslahatim: endi oʼrganishni boshlagan boʼsez biron bir kursga yoki IT academyaga oʼqishga boring.

. Til oʼrganing (ingliz yoki rus)
Agarda siz til bilsez academy yoki kursdan keyin bilimingizni bemalol kuchaytirishiz mumkin boʼladi. YouTube va boshqa saytlar orqali...

Telegram | Instagram
297 viewsedited  09:02
Ochish/sharhlash
2020-12-14 23:32:41 ​​#news #facts
Xabaringiz boʼsa bir oz avval dunyo boʻylab Youtube, Gmail va Google Drive portallari ishlamay qoldi.

Xozirda tarmoqdagi nosozliklar bartaraf etildi va toʻliq ishlamoqda.

Bu kompaniyalar bir soatga yaqin vaqt ichda ishlamaganligi ortidan 5 mln 400 ming dollarga yaqin puldan maxrum boʻldi.

Kanal: @CodeBox_uz
333 views20:32
Ochish/sharhlash