Get Mystery Box with random crypto!

O'zing o'rgan 1. Xodimga ishini o'rgatsa bo'ladi - farosatni | CMD | IT Academy

O'zing o'rgan

1. Xodimga ishini o'rgatsa bo'ladi - farosatni o'rgatib bo'lmaydi.

2. Dasturchiga kod yozishni o'rgatsa bo'ladi - fikrlashni o'rgatib bo'lmaydi.

3. Dizaynerga Photoshopni o'rgatsa bo'ladi - didni, kreativlikni o'rgatib bo'lmaydi.

4. Kassirga pulni tez sanashni o'rgatsa bo'ladi - halollikni o'rgatib bo'lmaydi.

5. Xohlovchilarga tadbirkorlik sirlarini o'rgatsa bo'ladi - duxni, qat'iyatni, tavakkulni o'rgatib bo'lmaydi.

6. O'rgatib bo'lmaydimi, demak odam o'zi o'rganishi kerak. O'zi o'rganadiganlar esa kam. Biror xususiyat qancha kam bo'lsa shuncha qadrlanadi.

7. Qadrli kadr bo'lmoqchimisan? - Birov o'rgata olmaydigan narsalarni o'rgan.

8. Yuqoridagilardan yana 2ta ajoyib xulosa olish mumkin:
1) Senga biror ishni o'rgata olishdimi? - Yaqin kelajakda algoritmga ham o'rgata olishadi.
2) Kuchli universitetlarning maqsadi - O'rtacha odamni olib unga maksimal bilim berish emas. Balkim o'zi o'rgana oladiganlarni topib, ularga sharoit yaratib berish.