Get Mystery Box with random crypto!

Keling yuz terisni kechqurungi uhod qilish haqida gaplashamiz. | Cinderella🇰🇷 𝙆𝙊𝙍𝙀𝘼🇰🇷 𝙘𝙤𝙨𝙢𝙚𝙩𝙞𝙘𝙖🇰🇷

Keling yuz terisni kechqurungi uhod qilish haqida gaplashamiz.

Birinchi navbatda, albatta, tozalash. Kun davomida terida bakteriyalar, mikroblar, chang, har hil kirlar va toksinlarning qalin qatlami to'planadi. Shunday ekan, yaxshilab tozalash terining sog'lom bo'lishining asosiy shartidir. Agar siz bo'yanish vositalaridan foydalanmasangiz ham, terini tozalash shart.

Kechki parvarishlash ketma ketligi:

1. Makiyajni olib tashlash. Ushbu maqsadlar uchun men doyim gidrofilniy yog'idan foydalanaman.

2. Yuzni yuvish. Makiyajni olib tashlaganimizdan so'ng darhol yuzimizni umivalka bilan yuvamiz. Umivalkani oldin yahshilab gubkada yoki qo'limiz yordamida yaxshilab ko'pirtiramiz. Bu umivalkani, yuzni yahshi tozalashiga va tejalishiga yordam beradi.

4. Tonerdan foydalanish. Toner yuz terisini umivalkadan so'ng namlantiradi va parvarishning keyingi bosqichida ishlatiladigan vositalani terini ichigacha singib, ta'sirini kuchaytirishga yordam beradi.

5. Sivorotka. Sivorotka tarkibiga qarab quyidagi vazifalarni bajaradi. Tarkibida kollagen mavjudligi tufayli terining teksturasini yaxshilaydi, namlantirib ajinlarni ketqizadi, muntazam foydalanish bilan pigment dog'larini va aknedan keyingi dog'larni kamaytiriadi, poralarni toraytiradi, otyoklani kamaytiradi.

6. Emulsiya / Krem. Toner va sivorotkani teriga yaxshiroq saqlanib qolishi uchun ularni emulsiya va / yoki krem bilan yopishimiz kerak. Aytgancha, koreyslar kremlarni deyarli kechqurungi va kunduzga ajratmasdan foydalanadilar.

7. Qo'shimcha parvarish. Haftada 2 martta yuz terisini yangilash uchun, pilingdan yoki tkaniviy maskalardan foydalanishingiz mumkin.

Har bir ayol bu uhodni hammasini har kuni qilishi kerakmi? Kim uchundur bu juda qiyin tuyilishi mumkin.

Qizlar, hammasi terining holatiga, yoshingizga, sezonga va hokazolarga bog'liq. Agar teringiz yaxshi holatda bo'lsa, uni tozalash va namlash juda oddiy va agar u muammoli bo'lsa (yog'li, juda quruq, toshmalar, ajinlar), unda siz seryozniy uhod qilishila kere bo'ladi.