2022-08-18 08:59:00
Gazetda o'qidim, hayotimiz zo'r
Radio bong urdi - maosh oshibdi.
Televizorni qo'ysam, hammasi yaxshi
Vatan xizmatingga yurak oshiqdi.
Yo erta tug'ildim, yoki juda kech
Sababi negadir baxtim kulmaydi.
Ijaraga to'lab oylik yarmini
Yashashni yaxshi deb yozib bo'lmaydi.
Senda musofirman, senda fuqaro
Senda ruhim asir - iskanjada tan.
O'lan to'shagim deb yozaman, ammo
Senda ijarada yashayman vatan.
Noshukur deb atama, nonko'r demagin
Shoirim desang bas, xursandman meni.
Har oy puling to'lab - ko'chishga tayyor
Ijara uyimday sevaman seni..
Navoiylik Alisher qalamiga mansub.
She'rni Mahliyo Asqaraliyeva o'qidi.@Tingla_Hayot
88 viewsbaymurzaev , 05:59