Get Mystery Box with random crypto!

Uchar avtomobillar narxi qancha bo‘ladi? Bugungi kunda yirik | 🇺🇿CHUSTLIKLAR| Tezkor xabarlar

Uchar avtomobillar narxi qancha bo‘ladi?

Bugungi kunda yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar ichki yonuv dvigatellariga qo‘yilayotgan taqiqlar fonida mashinalarni elektrlashtirish bilan band. Biroq bu bilan parallel ravishda kelajakning boshqa bir transport vositasi ustidagi ishlar ham to‘xtab qolgani yo‘q — uchar avtomobillar: turli konstruksiya, o‘lcham va darajadagi prototiplar sinovlardan o‘tkazilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, individual uchar avtomobil narxi bozorda arzon bo‘lmaydi: u $686 455 ni tashkil etgan. Shunday qilib, qanotli mashina 1000 ot kuchiga ega Ferrari SF90 Stradale superkaridan sezilarli darajada qimmat bo‘ladi.

Shuningdek, bu kabi transport vositasining egasi dastlabki bir yil davomida yana qo‘shimcha $69 ming sarflashiga to‘g‘ri keladi. Bunga uchish uchun litsenziya, sug‘urta, maxsus qo‘nish joyi uchun to‘lov va yonilg‘i kiritilgan.

BIZGA QO'SHILING: @CHUSTLIKLAR_TG