Get Mystery Box with random crypto!

​​Bepul WiFi Dunyoda hech bir davlat qilmagan ish — Janubiy K | 🖤충북대학교🖤

​​Bepul WiFi

Dunyoda hech bir davlat qilmagan ish — Janubiy Koreya dunyo boʻylab birinchi marta barcha jamoat avtobuslarida bepul umummilliy simsiz internet — WiFi tarmogʻini tashkil etibdi.

Aytishlaricha, 14-dekabr kuni mamlakat boʻylab 35,600 avtobusga bepul Wi-Fi ulanish nuqtalari oʻrnatilibdi. Taxminlarga ko‘ra, kelgusi uch yil davomida — har yili 21,4 million dollar miqdorida iqtisodiy foyda olish mumkin ekan.

Maʼlumotlarga koʻra — avtobuslarda bepul WiFi xizmati oʻtgan yilning may oyidan beri 420 million martadan koʻproq foydalanilgan. Bu davrda 14,000 yuqori aniqlikdagi kino maʼlumotlari fayllariga teng boʻlgan 16,000 terabaytdan ortiq maʼlumotlar isteʼmol qilingan.

Bu bilan fuqarolarga maʼlumot olish uchun qulaylik yaratish va aloqa xarajatlarini kamaytirish maqsad deb qo‘yilgan.

Qanday yaxshi?