Get Mystery Box with random crypto!

Koreyani qisqa muddatga tark etib yana qayta kelmoqchimisiz?! | 🖤충북대학교🖤

Koreyani qisqa muddatga tark etib yana qayta kelmoqchimisiz?!

Virus tufayli 재입국허가-qayta Koreyaga kirish ruxsati 2020.06.01 sanadan boshlab MAJBURIY!

O'zbekistonga borib yana qayta kelishni istovchilar 2020.10.12 sanadan boshlab ruxsatni FAQAT Hikorea sayti orqali onlayn topshirishlari kerak!

AMMO
O'zbekistonliklarga onlayn berilmayapdi. Hikorea orqali kunni belgilab (brom) migratsiyadan to'g'ridan-to'g'ri ruxsat olishingiz kerak.

Ruxsat olish uchun sabab aniq bo'lishi kerak:
- yaqinlarining kasalligi haqida doktor tashxis qog'ozi va uning tarjimasi
- armiyaga chaqirilganlik haqida hujjat
- ish joyi bilan mehnat safariga borayotganligi haqida ma'lumotnoma
- va boshqa aniq sabablar

O'zbekiston qizil ro'yxatda bo'lgani uchun borib kelish uchun ruxsat olish juda QIYIN! Berilganda ham 1 oy muddat xolos. Agar 1 oyda qaytib kela olmasangiz vizasining muddati bo'lsada viza bekor bo'ladi.

DISTANCE jamoasi