Get Mystery Box with random crypto!

Аyrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar b | CHORTOQLIKLAR | Chortoq Axli

Аyrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

Joriy yilning 9 noyabr, chorshanba kuni “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning elektr qurilmalari va tarmoqlarini joriy ta’mirlash yillik rejasiga asosan va ularda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish maqsadida "Chortoq" nimstansiyasi T-2 2-SSh 10 kVda rejali joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 09:00 dan soat 18:00 ga qadar "Dostlik" , "Z.Diyor" ,"Oromgoh" ,"O'zbekiston", "Xayrli" , "Sohibkor" va "Beshkapa" (Oqtikan massivi va kichik sanoat zonasi) mahalla fuqarolar yig'ini hududida iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, iste’molchilardan keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

“Ishonch telefoni”
69-412-11-05

"Chortoq TETK"

@CHORTOQ_AXLI – Тезкор ва ишончли хабарлар макони!!!