Get Mystery Box with random crypto!

Аyrim hududlarda elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo | CHORTOQLIKLAR | Chortoq Axli

Аyrim hududlarda elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

Joriy yilning 1 noyabr, seshanba kuni “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning elektr qurilmalari va tarmoqlarini joriy ta’mirlash yillik rejasiga asosan va ularda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish maqsadida:

Tumanidagi 35/10 kVli "Alixon-2" nimstansiyasi T-1 1-SSh 10 kVda rejali joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida, shu kuni soat 09:00 dan soat 18:00 ga qadar "Dexqonobod" va "Arbag'ish"
mahalla fuqarolar yig'ini hududida iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, iste’molchilardan keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

“Ishonch telefoni”
412- 11-05

"Chortoq TETK"

@CHORTOQ_AXLI – Тезкор ва ишончли хабарлар макони!!!