Get Mystery Box with random crypto!

Chirchiq olimpiya va paralimpiya STTMda 2022 yilning 27 dekabr | 🏆CHOPZK

Chirchiq olimpiya va paralimpiya STTMda 2022 yilning 27 dekabrdagi 05/291 - sonli buyrugʼida koʼrsatilgan vazifalarni ijrosini bajarish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 30 dekabrdagi “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g’risidagi” 731-sonli qarori bilan tanishtirish maqsadida semenar tashkil etildi. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan va uning mazmun mohiyati to‘g’risida markaz rahbari R.Gafurov tomonidan ishtirokchilarga bandma band o‘qib eshittirdi hamda markaz direktorining SIBO' Sh.Nasirov tomonidan ko‘rgazmali slayd orqali qarorda belgilangan vazifalar haqida ma’lumotlar berdi.Semenarda DO‘IBO‘ U.Xoldorov, DMMIBO‘M.Miyerbekova, sport bo‘limi instruktor-metodistlari, sport psixologlari va barcha sport turlari bo‘yicha trener-o’qituvchilar ishtirok etishdi. Semenar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan fikrlari tinglandi va savollariga javoblar orqali ma’lumotlar berildi.