Get Mystery Box with random crypto!

Bir-ikki kundan keyin oyim o‘rnidan turdi. Sandig‘idan yangi | ░▒▓█𝑪𝒉𝒐𝒍𝒊𝒒𝒖𝒔𝒉𝒊█▓▒░ (𝓻𝓪𝓼𝓶𝓲𝔂)

Bir-ikki kundan keyin oyim o‘rnidan turdi. Sandig‘idan yangi kiyimlarini olib yasandi. Kechqurun
otamni kutib olgani pastga tushdik. Otam menda qo‘rs tabiat askar taassurotini qoldirgan
edi. Lekin o‘shanda onamning turib yurganini ko‘rib, suyunganidan yugurib keldi-da, onamni
endigina yura boshlagan go‘dak boladay qo‘llaridan ushlab yig‘ladi — men buni hech esimdan
chiqarmayman....
Bu bizning birga kechirgan so‘nggi kunimiz bo‘ldi. Onamni ertasi kuni ochiq sandiq
yonida, boshi kiyimlar bo‘xchasi ustiga qo‘yilgan, lablarida qon qotib qolgan holda topishdi — onam o‘lib qolgan edi.
Olti yashar bolaning ancha-muncha narsaga aqli yetishi kerak. Lekin men hech nimani bilmagandek yuraverdim


Choliqushi romanidan parcha
#by_Dilshoda

@Choliqushi_rasmiy