Get Mystery Box with random crypto!

It tekkan osh… Jamiyatimizda ajrim masalasi doim keskin muhok | Çalikuşu

It tekkan osh…

Jamiyatimizda ajrim masalasi doim keskin muhokama qilingan. «Erdan qaytgan qiz», yoki undan ham yomonrog’i - «It tekkan osh» kabi so’zlar har qanday qizni daxshatga soladi.

Turmushi o’xshamagan qizning «xaridorlari» kamayishi aniq. Shuning uchun ham qizlar (ayollar) toksik erkaklarga chidab yashashga majbur. Yetmagan joyiga - farzand yetim qolishi mumkin. Bu esa men hayotim davomida ko’rgan eng ahmoqona holatlardan biri.

“Tapillatib” 4-5 tadan farzand tug’ishga balo bormi? Avvaliga bir biringni yaxshilab o’rgan. Og’ir va yengil sinovlardan birgalashib o’tganingizdan keyin farzandga harakat qilsangiz bo’ladi.

Qissadan hissa. Mentalitet masalasini qaytadan ko’rib chiqish kerak. Zero har qanday jamiyat avvalo oiladan boshlanadi. Va har qanday oila - jamiyat ta’sirida yashaydi…