Get Mystery Box with random crypto!

Ohirgi ketishimdan avval, bir nechta tanish qizlarni to'yi bo' | Çalikuşu

Ohirgi ketishimdan avval, bir nechta tanish qizlarni to'yi bo'lgan edi. Kelishimga esa, deyarli barchasini ajrim xabari qarshilab oldi... Miyamda savollar yana qaynashni boshladi: kimda ayb? hamma aytadiganidek, yana ayollarmi sabrsiz? ayol kishi sababmi ajrimlarga?

Birining hikoyasini eshitib, hali xanuz o'zimga kela olmayapman... Mendan kichik qiz, yaqinda farzandli bo'lishi kerak. (ajrim bo'lgan). Ammo yoki ona, yoki bola yashab qolishi mumkin (shifokorlar aytishicha). Davolanish uchun esa yetarlicha moddiyat ...

Bunday holatlardan qanchasi mavjud yana. Qayerga qarama ajrashgan oila. Kimnidur yomonlash, aybni to'nkash emas maqsadim. Bu paytlar bolalarga achinaman juda ham. O'zi mana shu sabablar uchun ham, bolalar ruhiyatini o'rganishga ko'proq e'tiborimni qarataman. Hozirgi kunga kelib ajrim so'zi oddiy holat bo'lib qoldi. Lekin u holatda o'sayotgan bolalar qalbi, nimalarni his qilishi ta'rifsiz... Gapim boshqa yerga burildi. Mahzunlikdan bugungi nasibamni oldim yetarlicha.