Get Mystery Box with random crypto!

Karantinda tuy haqidagi xabarni eshitib ... Bir suyindim bi | Chiyal 24

Karantinda tuy haqidagi xabarni eshitib ...


Bir suyindim bir suyindim
Ko'nglim tog'day kutarildi
O'ttiz kishi debdi tuyga
O'n kishi ham yetar edi


Kelin-kuyov, Ota-ona
Qiz otasi va Qaynona
Bir Jura va bir dugona
Shartmas boshqa bir begona


Kerak emas video ham
Telfoniga olar ukam
Kerak bo'lsa o'rtakashlik
Qilar kelgan san'atkor ham


Tuy deb rosa kerilgandik
Dabdabaga berilgandik
Oldin boyga bahs qilishib
Keyin bunga o'rgangandik


Meyor haddan oshgan edi
Tukib sochib toshgan edi
Bir hadisda xor qilganlar
Zor buladi deyilgandi


Yaxshi buldi uch to'rt yillab
O'zga yurtda yurmaydilar
Tuy o'tsa ham topganini
Tuy qarziga bermaydilar


Bu haqiqat kuyov bola
Qirqqin uyda turolmadi
Tuy deb besh yil sarson yurıb
Yor vasliga tuyolmadi


Tuyga degan pulin boylar
Ziyodini ehson qilsin
Shu bahona kambag'al ham
Tuydan keyın moshın minsin


Tuydan so'ngra qirq kun chilla
Kelin kuyov qolsin billa
Qolgan pulga biznes qilsin
Ish boshlasin deb bismillo


Qachongacha O'zbek eli
Musofir bo'p ishlaydilar
Issiq uyi qolib sovuq
Yurtga borib qishlaydilar


O'ylab ko'rsak ma'no ko'pdir
Yurtboshimning qarorida
O'zbek Xalqim bo'lsin deydi
Eng boy xalqlar qatorida


Shukur deylik Yaratganga
Bizga mehr qaratganga
O'ttiz kishi bo'lsa hamki
Tuyga imkon yaratganga.

@SardorNazarovv