Get Mystery Box with random crypto!

#Rasmiy #Tarqating 'Maxam-Chirchiq' AJda sodir bo‘lgan holat | Yoshlar ishlar agentligi Chirchiq shahar bo'limi

#Rasmiy #Tarqating

"Maxam-Chirchiq" AJda sodir bo‘lgan holat yuzasidan
RASMIY BAYONOT


Bugun 08:30 da Chirchiq shahridagi "Maxam-Chirchiq" AJ zavodida yong‘in va uning natijasida portlab kelib chiqqan.

Voqea joyiga Chirchiq shahar fuqaro muhofazasi boshlig‘i – shahar hokimi Davron Xidoyatov zudlik bilan bordi va hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlariga boshchilik qildi.

Vaziyat viloyat hokimligi, tegishli mutasadi organlar rahbarlari tomonidan nazorat olingan. Vafot etganlar, o‘ta og‘ir jarohatlanganlar yo‘q. Ikki kishi tan jarohati olgan va ular shahrimizdagi shifoxonalarda muolaja olishmoqda.

Holat oqibatida zararli gaz moddalari havoga tarqalmagan. Ayni paytda yong‘in o‘chirilgan. Zavod tinch, "Maxam-Chirchiq" AJ bugun tushdan so‘ng odatiy maromda ishlashni boshlaydi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

Каналга уланиш:
https://t.me/chirchiq_yoshlar_agentligi