Get Mystery Box with random crypto!

Kayfiyatim yo'q. Man hukumatdagilarni tanqid qilishim, har xil | Chirchiq Shaxri

Kayfiyatim yo'q. Man hukumatdagilarni tanqid qilishim, har xil og'ir gaplar yozib turishim mumkin lekin O'zbekistonni yaxshi ko'raman. Nukusda ham yashaganman ozroq muddat bo'lsa ham.

Hozir Birlashish vaqti, chetdan turib har xil provakatsiyalar qilishmoqda, yolg'on ma'lumotlar tarqatilmoqda, bir-birimizni go'shtimizni yeyishimizni tomosha qilishmoqchi. Bizni bo'lishmoqchi. Iltimos hamma narsaga ishonmang!

Iltimos har xil gaplarga ishonmang. O'zbek hukumati hammasini tinch yo'l bilan hal qilmoqda, hech kimni o'ldirmayapti, hech kimga tahdid qilmayapti... Biz Qoraqalpoqlar bilan shuncha vaqt ahil, bir millatdek yashadek. Man hech qachon boshqa millatdek ko'rmaganman, o'zimizi millat faqat shevasi boshqachada deb o'ylaganman holos.

Birlashaylik do'stlar. Tanqidni keyin ham qilaveramiz. O'zbekiston va Qoraqalpog'iston bo'linmaydigan yagona davlat man uchun.

Rasmiy kanal
https://t.me/chirchiq_muommo_stop

Rasmiy guruh
https://t.me/chirchiq_muommo_stop_chat