Get Mystery Box with random crypto!

Xaos nazariyasi, Butterfly effekti, Dunyo tor nazariyasi. Bu | Chinpulatov | blog

Xaos nazariyasi, Butterfly effekti, Dunyo tor nazariyasi.

Bu nazaryalar (tartibsizlik) aslida bir nazariyadir deb hisoblayman, shunchaki bir nazariyani turli xil nomlari, hozir men qisman bu nazarya haqida maʼlumot bermoqchiman, to'liq mohiyati emas, uni tushunish shunchalar qiyinki, u doim sizga nega degan savollar paydo qiladi va bu cheksiz davom etadi.

Bizning falsafa ustozlar doim ishlatadigan xaos nazariyasi nima? Unga ko'ra dunyo non-chiziqli harakatda, va u o'z yo'lini yani qoldirgan chizig'ini linear tarzda emas, ba'lki spiral simon kezib o'tadi Har bir harakat chiziqni boshqa bir chiziq chizilishiga olib keladi, bu odatda deterministik (sabab va oqibat) ko'rinshda sodir bo'ladi . Siz uni qayerga harakatlana yotgani bilmaysiz, to'g'rirog'i isbotlay olmaysiz.

Misol uchun, ko'pchilik butter effekti deb nomlashi sababi chiziqni kapalak qanotiga o'xshab harakat qiladi deb o'ylashadi, yana ayrimlar bu nazariyani tushuntirishda bir misol ishlatishadi: Braziliyadagi kapalakning qanot qoqishi Avstraliyadagi tayfun bo'ronlariga sabab bo'ladi deb hisoblashadi.

Lekin bu borada o'zimni ham misolim bor: Tasavvur qiling, Turkiyada elektr energiyasi stansiyasi uzilish roʻy berdi, buning oqibatida 2000 uy joy elektr tarmoqsiz qoldi, 340 ta korxona to'xtab qoldi, bo'ldi bori shumi, yoq, davom etamiz 2000 elektr tarmoqsiz qolishi natijasida chetdan ovqat buyurishiga to'g'ri keldi va buni natijasida oilaviy buyudjet qisqardi, Jek tog'a bu pullarga yangi sartaroshxona ochmoqchi edi, endi ocha olmaydi, bu yana bir oyga kechikadi, uning shaharidagi bolalar esa boshqa shaharga borib sochini olishiga toʻgʻri keladi, va ularning ham borish-kelish, soch oldirish summasi, ketgan vaqti evaziga boshqa bir narsa qilasa bo'lardi endi bu boshqa narsalarga sabab bo'ladi.

To'xtang! Biz hozir xaosni tartibsizlik deb atadik, lekin biz keltirgan misollar tartibni buzilishi-ku. Bu nimasi paradoksga yo'liqib qoldikmi , ha mayli ! NIMA DEB O'YLAYSIZ NEGA BUNDAY BO'LDI!!