Get Mystery Box with random crypto!

​​MUNOSABAT Òzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromo | CHINOZLIKLAR24 |расмий|

​​MUNOSABAT

Òzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabr kunidagi Oliy Majlis va Òzbekiston xalqiga qilgan murojatnomasini tinglar ekanman,qalbimda òzgacha his-xayajon jòsh urar edi. Shunday tinch,osoyishta va farovon yurtda tuģilib òsganimdan faxrlandim.

Muxtaram Prezidentimiz 2022-yil sarxisobin qilar ekan,òtib borayotgan yilda amalga oshirilgan ishlar va kamchiliklar tòģrisida aloxida tòxtalib, 6 ta yònalish bòyicha yurtimiz bòylab bajarilgan ishlar haqida aytib òtildi.

Men xotin-qizlar faoli sifatida xarbir mahalla, Respublikamizning chekka-chekka qishloqlarida yashayotgan fuqarolarimizga, xotin-qizlarimizga Juda katta e'tibor qaratilib , moddiy,ma'naviy,ijtimoiy va tibbiy yordamlar kòrsatilayotganidan, yurtimizdan xalqimiz uchun shunday shart-sharoyitlar yaratilib berilayotganidan baģoyatda xursandman va yurtboshimizdan minnaddorman.

Kirib kelayotgan yangi 2023-yil "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"-deb e'lon qilinishi inson qadr-qimmati va òsib kelayotgan yosh avlodlarimizning ta'lim tarbiyasiga qaratilayotgan katta e'tibordir.

Murojatnomada belgilangan yangi yil uchun ustuvor vazifalarni bajarishda vijdonan, òz bilim va kònikmalarimga suyangan xolda sidqidildan xalqim uchun xizmat qilishga tayyorman.

Chinoz tumani Islomobod MFY xotin-qizlar faoli A.Umirzakova

@chinozliklar_chinaztoday