Get Mystery Box with random crypto!

Pekinda 6 yil yashadim. Shu vaqt mobaynida smoglarni ko’raveri | China-Uzbekistan

Pekinda 6 yil yashadim. Shu vaqt mobaynida smoglarni ko’raverib, o’zimni har qanday chang- to’zonga tayyor deb o’ylar ekanman. 300-400 darajaga chiadigan havo ifloslanishini ham ko’rganmiz. Uydan chiqmay, ehtiyot choralarini qilib o’tirganmiz. Kecha Toshkentni qoplagan qum -to’zondan esankirab qoldim. Men-ku amallarman, bunga tayyor bo’lmaganlar-chi? Bugun uyqudan turib, darslarimni o’tib, yaxshi kayfiyatda yursam, “mana senga syurpriz” degandek sovuq suv o’chdi. Yana ogohlantirishsiz, to’satdan. Bizning uylarda sovuq suv o’chsa , issig’i ham bo’lmaydi. Endi bildim, Toshkentda smogga, qum- bo’ronga qarshi kurashishga tayyor emas ekanman. Umuman! Chunki bunday tabiiy jarayon bilan kurashishda asosiy yordamchi -Suv! Nafas siqqanda, changdan bo’g’ilganda xitoylik mutaxassislar yuvinishni, cho’milishni, uylarni nam latta bilan artib chiqishni tavsiya qilishadi axir! Buning ustiga Toshkent havosi quruq, bu ham nafas olishni qiyinlshtiradi. Yomon gaplardan yozgim kelmayapti, hammaga sabr!