Get Mystery Box with random crypto!

Shaytonning birinchi maqsadi insonni iymondan ayirishdir. Buni | Chin oshiqlar 🕊

Shaytonning birinchi maqsadi insonni iymondan ayirishdir. Buni uddalay olmasa, u orqaga qadam tashlab, uni ibodatdek sharafli burchdan uzoqlashtirishga juda qattiq harakat qiladi.

Uning yuragiga yomon narsalarni shivirlaydi. Inson esa bu so’zlarni o‘z qalbidan chiqdi deb o‘ylab bezovtalanadi. Bu safar shayton hiylasini o’zgartiradi;

“Bunchalik chalkash qalb bilan Ollohning huzurida turib bo’lmaydi!” deydi. Qachonki inson bu hiylaga aldansa, shayton g‘alaba qozonadi. Holbuki inson namozda topa olmagan huzurini namozni tark etish bilan ham topa olmaydi. Ibodat va toatni tark etib, gunoh va isyon yo‘liga kirgan inson ilohiy ma’rifatdan borgan sari uzoqlashadi. Shunday vaqtda yagona yo'l ibodatni davom ettirishdir.


@chin_oshiqlar571