Get Mystery Box with random crypto!

Bir qirol, qish mavsumida, sovuq bir tunda qo’riqchilik qilayo | Chin oshiqlar 🕊

Bir qirol, qish mavsumida, sovuq bir tunda qo’riqchilik qilayotgan qo’riqchining yoniga borib undan so’radi;

- Sovuq emasmi?
- Men o’rganib ketganman hurmatli qirolim.
- Mayli, senga seni issiq tutadigan kiyim olib kelishlarini buyuraman… dedi va ketdi. Lekin ichkariga kirgandan so’ng, bu va’dasi yodidan ko’tarildi. Ertasi kuni, devorning bir chetida o’sha qo’riqchining sovuqdan muzlab qolgan jasadini ko’rdi. Va o’sha devorda esa “Sovuqqa o’rgangan edim lekin menga bergan va’dang meni o’ldirdi…” deb yozilgan edi.

Ey insonlar, turli hildagi va’dalar bilan, insonlarni kuttirib, ularni bir umidga bog’lab qo’yib imtihon qilmang. Chunki inson, kutgan sari o’zgaradi. Siz kuttirgan inson, vaqt o’tgan sari siz haqingizda turli hildagi salbiy fikrlarga borishni boshlaydi.

Avval uning umidi keyin esa sevgisi, hurmati, ishonchi, muhabbati va do’stligi o’ladi.

@chin_oshiqlar571