Get Mystery Box with random crypto!

Ayol qanday bo’lsa, ortida qoldirgan zurriyoti ham huddi shund | Chin oshiqlar 🕊

Ayol qanday bo’lsa, ortida qoldirgan zurriyoti ham huddi shunday bo’ladi.

Agar haqiqatdan ham osmon-u yerni larzaga keltira oladigan ayolning qo’lida farzandingiz ulg’ayishini istasangiz, ayolingizga huddi shunday munosabatda bo’ling. Chunki har bir inson, unga qanday munosabatda bo’linsa, huddi shunday qiyofaga burkanib oladi. Va shuni bilib oling;

Ezilgan ayollar, shahsiyatli farzandlar ulg’aytira olmaydilar aslo.

Jihon Podshohi Abdulhamid Hon umrida bir marotaba paypog’ini kiydirib qo’ygan ayoliga yetti marotaba “mendan rozi bo’lgin ayolim” dedi. Sarvari koinot sallallahu alayhi va sallam esa ayollar o’tirgan xachirni qattiq tortib yuborgan Sahobaga “ayol billurdir, ozor berib qo’ymagin” deb ogohlantirdilar.

Mana shunday qadr ko’rgan ayollar larzaga keltirdilar osmon-u yerni. Mana shunday qadr ko’rgan ayollar yozildilar Islom tarihiga. Mana shunday qadr ko’rgan ayollar Ummatga umid bo’la oladigan zurriyotlar qoldirdilar ortlarida. Chunki ular qadr ko’rdilar. Ezilmadilar, ozor ko’rmadilar, kaltaklanmadilar, haqoratga uchramadilar. Ularga “kelin” deb nom qo’yib, aslo hafa bo’lmaydigan, sinmaydigan, charchamaydigan jonsiz mavjudot nazarida qaramadilar.

Lekin pastkash erkaklar tomonidan kaltaklangan, hor qilingan, haqoratlangan va ezilgan ayollar Ummatga foydalari tegishi bir joyda tursin, o’z yaralariga malham bo’la olmaydilar. Ularning barchasi ko’rayotgan zulmini hazm qilishlik bilan ovvora. Ayoliga mana shunday hayotni ravo ko’rgan nomardlar esa pastkash deb yozildilar ohiratda ochiluvchi amal daftarlariga


Kanalga a'zo bo'lish:

@Chin_oshiqlar571