Get Mystery Box with random crypto!

Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari 12-noyabrdan 17- | Chilonzor Jst qabul 2021!

Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari 12-noyabrdan 17-noyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi

Kuni kecha 2021/2022-oʻquv yili qabulida kollej va texnikumlarga KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun Davlat test markazi tomonidan test sinovlari tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

DTM maʼlumotiga koʻra, 2021/2022-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga kirish test sinovlari 2021-yil 12-noyabrdan 17-noyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlari:

-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va tarix)dan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 20 tadan, majburiy fanlardan esa 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, mutaxassislik fanlari bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,15 balldan (jami 126 ball), majburiy fanlar bo‘yicha esa 2,1 balldan (jami 63 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining ruxsatnoma.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.