Get Mystery Box with random crypto!

Taminotchi qidirishni boshladim bir hafta ichida 3 taminotchi | CHIKO UZ

Taminotchi qidirishni boshladim bir hafta ichida 3 taminotchilar bilan bog’lanib borib chorva mollarini ko’rdim. Va ular taklif etayotgan narx bozordan ancha balandligini bildim. Nafaqat chorva boshqa yo’nalishlarda ham shu ahvol kreditga taminotchilardan olayotgan mahsulotizni bozordan naqd pulga ancha arzon (bu haqda faktlarim ham bor ) olasiz. Shundan keyin yaxshilab o'ylab qarasam foyda olish o'rniga zaraga kirib ketishimni tushundim va kreditni rad qildim. Keyin banklar tomonidan ajratilayotgan mikroqarz kredit turlarini qidara boshladim va eng past fozilardan biri 24 foizli mikroqarz 50 milliongacha doimiy daromadga ega shaxslarga kafil, garov evaziga yoki sug'urtalash yo'li orqali berilayotganligini aniqladim. Hamma ham doimiy ish haqiga ega emas. Shunday qilib qisqa qilsam shuncha narsani erinmasdan yozib chiqishimdan maqsad (uncha-munchasini duxi yetmaydi bularni yozishga) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.12.2021 yildagi PQ-55-sonli OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLINING DAROMAD MANBAINI KENGAYTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDAgi qarorida ko'rsatilgan ayrim bandlarida o'zgartirish kiritilib taminotchilarga pulni o'tkazmasdan, kredit olayotgan fuqorolarning plastik kartasiga o'tqazilsa yaxshi bo'lardi. Yuqorida o'tirgan boshi kattalar bir qaytadan o'ylab ko'rsa yaxshi bo'lardi. Kredit ajratishdan maqsad ham OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLINING DAROMAD MANBAINI KO'PAYTIRISH yoki kamaytirishmi

@Chiko_uz