Get Mystery Box with random crypto!

#Qiziq_fakt Rasmda ko'k kiyimda Dmitriy Bivol, bugungi kunda ' | 🥇CHEMPIONLIK MAKTABI 🏆/Школа чемпионство

#Qiziq_fakt
Rasmda ko'k kiyimda Dmitriy Bivol, bugungi kunda "Top 10 pound-for-pound" dagi bokschilardan biri, WBA bo'yicha super chempion.
Qizil kiyimda esa o'zimizning o'zbek o'g'loni Elshod Rasulov. Havaskorda Bivol bilan deyarli teng tushgan ekanlar, ayrim joylarda Bivol yaxshigina #kaltak_yegan

Yana bir super chempion Artur Biterbiyevga ham qarshi munosib jang ko'rsata olgan ekan hamyurtimiz.


IMHO: Elshod Rasulov o'zbek boksining oltin avlodiga kiruvchi sportchilardan, RIO-2016 dagi mag'lubiyat sportchimizni sindirgan, u mag'lubiyatdan shaxsan o'zim ham qattiq ta'sirlangan edim. Menimcha, o'sha paytda sportchimiz bilan psixologik tiklash ishlari olib borilmagan, kerakli psixologik yordam ko'rsatilmagan. Ehtimol, kerakli yordam ko'rsatilganda edi, bugungi kunda Elshod Rasulov minimum WBO.da TOP 10 da turgan bo'lar edi, albatta agar prof.ga o'tgan bo'lganlarida.

#SPORTCHILARGA_TAVSIYA
Travma yoki mag'lubiyatdan qayta tiklanish jarayonida psixologga murojaat qiling, tortinmang.
"CHEMPIONLIKMAKTABI"