Get Mystery Box with random crypto!

Otga minish inson salomatligi uchun muhim omil hisoblanadi Ip | ЧАВАНДОЗЛАР МАКТАБЛАРИ

Otga minish inson salomatligi uchun muhim omil hisoblanadi

Ippoterapiyada otda oʻtirgan odam koʻplab ijobiy hislarni oladi. Sustlik va vahima yoʻqoladi, bemor ancha mustaqil boʻladi va bu zararlangan asab aloqalarini tiklashga hamda asab tolalari impulsini oʻtkazishda kompensator vosita shakllanishiga zamin yaratadi.

Milliy gvardiya Samarqand viloyati Chavandozlar maktabida Ippoterapiya (otlar yordamida kasalliklarni davolash) mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Ma`lumot o`rnida aytib o`tish joizki, Ippoterapiya spazmni kamaytirishga va mushaklarning ohangini tartibga solishga yordam beradi, bo'g'inlarda harakat oralig'ini oshiradi, orqa, qorin va oyoq-qo'llarning mushaklarini mustahkamlaydi. Mashg'ulotlar natijasida tananing buzilgan funktsiyalari (mushak-tizimi, qon aylanishi, nafas olish, ovqat hazm qilish) tiklanadi.

Website |Telegram | Instagram |Facebook