Get Mystery Box with random crypto!

'TIQXMMI' Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya | QIATI CHQXM fakulteti


"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida qishki ta'til vaqtlarini samarali oʻtkazish uchun qiziqarli sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Bugun "Valeybol" boʻyicha oʻtkazilgan "Rektor kubogi" musobaqalarida professor-oʻqituvchilar va institut ishchi-xodimlaridan tarkib topgan 9 ta jamoa murosasiz bahs olib bordi. Yakunda
"Rektorat" jamoasi birinchi, "Umumtexnik fanlar" kafedrasi ikkinchi,
"Gidrotexnik inshootlar va nasos stantsiyalari" kafedrasi uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Gʻoliblarga institut rektori Z.Muqimov tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
9.01.2023-yil.
@tiiamekb_uz