Get Mystery Box with random crypto!

Ko‘p ta‘kidlayman o‘zimga o‘zim. “ Alloh tomon qoch! “ -deya. | قـلــب مـطمـئــن

Ko‘p ta‘kidlayman o‘zimga o‘zim.
“ Alloh tomon qoch! “ -deya.
Oxiratinga zahira to‘plashga ulgurib qol, dinga mahkam yopish. Zarra misqolchalik bo‘lsada xoyr ishlarni qilishga shoshil. Ko‘zingni emas, qalbingni pardalayotgan bu dunyodan saqlan, shayton va nafsning hiylalaridan uzoq tur. Qur'onni ruhingga joyla.

Ibn Ataulloh al-Iskandariy aytganlaridek.
“ Qalbning oynasi mosivo( Allohdan boshqa, mahluqotlar) bilan pardalangan bo‘lsa, u qalb Allohni taniy olmaydi. Haqqa yuzlangan, xalq(dunyo)dan uzoqlashadi. Qalbi xalq(dunyo) bilan mashg‘ul bo‘lgan Haqdan uzoqdir.

Allohdan boshqa chora yo‘q!
Bo‘lmagan!
Bo‘lmaydi ham!