Get Mystery Box with random crypto!

TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga o | Cefr with Sharipov

TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatdan o'tishlari va to'lov qilishlari my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 7-iyun soat 10:00 ga qadar davom etadi.

Imtihonlar 8-iyun kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.

TOEFL ITP va TOEIC imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.

TOEFL ITP va TOEIC sertifikatlari xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma;
TOEIC Listening and Reading Tests —ma’lumot|qo‘llanma;
TOEIC Speaking and Writing Tests — ma’lumot|qo‘llanma.

Murojaat uchun:
- (95) 515-68-68
- t.me/dtmtoefl

@CEFRWITHSHARIPOV