Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari an | DEMO CHANNEL

#Qabul2022

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari aniq bo‘ldi

2022-yil 23-24-25-26-iyul kunlari barcha hududlarda 6 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan kasbiy _(ijodiy)_ imtihonlar o‘tkaziladi.

Imtihonlar 2 bosqichda:

-bosqich (yozma qismi)tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholash imtihonlari qog‘oz shaklda;

-bosqichgapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa Davlat test markazining maxsus dasturi orqali belgilangan joylarda elektron tarzda bo‘lib o‘tadi.

Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani (abituriyent qayd varaqasining quyi qismida) yuklab olishlari mumkin.

Abituriyentlar imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Imtihon o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Chet-tili-07-18.

| Telegram | Facebook | Instagram