Get Mystery Box with random crypto!

Chet tili fani o‘qituvchilarining attestasiyasi tinglab tushun | DEMO CHANNEL

Chet tili fani o‘qituvchilarining attestasiyasi tinglab tushunish,o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini baholashni nazarda tutuvchi kasbiy sinov shaklida o‘tkaziladi

"Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Hukumat qarori (34-son, 19.01.2022) qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional, shuningdek, maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari chet tili fani o‘qituvchilarining attestasiyasi jarayonida o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tinglab tushunish,o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini baholashni nazarda tutuvchi kasbiy sinov shaklida amalga oshiriladi.

Bunda C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega chet tili fani o‘qituvchilariga o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovidan maksimal ball berish tartibi saqlab qolinadi.

Shuningdek, qarorda C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab ikki yil davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustama to‘lash tartibini 2022 yil 1 fevraldan boshlab joriy etish to‘g‘risidagi taklifga rozilik berildi.

Agentlik, inspeksiya va ta'lim vazirliklariga malakali mutaxassislarni jalb etgan holda 2022 yil 1 martdan boshlab chet tili fani o‘qituvchilarining tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini rivojlantirishga hamda sertifikatga ega bo‘lishlariga yo‘naltirilgan o‘quv kurslarini tashkil etish vazifasi yuklatildi.