Get Mystery Box with random crypto!

Super-kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi Davla | CefrForTeachers Vizitka

Super-kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi

Davlat qabul komissiyasi qaroriga koʻra, abituriyent oʻzi tanlagan birinchi yoʻnalishga kira olmagan, lekin 2-, 3-, 4- yoki 5-yoʻnalishlardan biriga oʻqishga kirgan boʻlsa, oʻz xohishi bilan birinchi tanlagan yoʻnalishida super-kontraktda oʻqishiga ruxsat beriladi.

Bu istisno 2-, 3- yoki 4-yoʻnalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yoʻnalishga oʻqishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki toʻrtinchi yoʻnalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat birinchi yoʻnalishga qilishi mumkin.

Shuningdek, tanlagan beshala yoʻnalishiga ham oʻqishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yoʻnalishdan birini tanlab, super-kontraktda oʻqishiga ruxsat beriladi.

@CefrForTeachers