Get Mystery Box with random crypto!

2023-yildan C1 darajadagi sertifikatga ega chet tili o'qituvch | CefrForTeachers Vizitka

2023-yildan C1 darajadagi sertifikatga ega chet tili o'qituvchilariga faqat NAVBATDAGI MAJBURIY attestatsiyadagina imtiyoz (maksimal ball) beriladi

Ta'lim inspeksiyasining Attestatsiya nizomiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha qaror loyihasi 25.07.2022 sanada muhokamaga qo'yilgan edi. Ushbu muhokama 09.08.2022 sanada yakunlandi. Ushbu loyihada amaldagi nizom 36-bandiga o'zgartirish kiritish haqida so'z boradi:

36-bandning to'rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga yoxud tegishli darajadagi tilni o'qitishning kasbiy mahoratlarini aniqlovchi sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu hind) tili fani o'qituvchilariga navbatdagi majburiy attestasiyada o'quv fani bo'yicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda malaka sinovidan ozod etiladi.”


Albatta hali bu loyiha, lekin ushbu loyiha tasdiqlanadigan bo'lsa, chet tili o'qituvchilari C1 sertifikati imtiyozidan navbatdan tashqari attestatsiyalarda foydalana olmaydigan bo'ladi.
Manba: uzteachers

@CefrForTeachers